Jahon

Bugun, 3-may — Turkiylar birdamligi kuni

Turk faylasufi Huseyn Nihal Otsiz haqida bilasizmi?

Bugun, 3-may — Turkiylar birdamligi kuni

 

Turk xalqlarini birlashtirishni maqsad qilgan siyosiy va madaniy oqim hisoblanmish – panturkizm g‘oyalariga sodiqlar bu bayramni nishonlaydi.

 

O‘zini turkiy deb atovchi xalqlar Osiyo va Sharqiy Yevropada istiqomat qiladi. Ayni damda turkiy tilli mustaqil mamlakatlar safiga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistonni qo‘shish mumkin. Bilamiz, panturkizm g‘oyalari XIX asrning ikkinchi yarmida shakllana boshladi, bunda asosan Usmonli imperiyasidagi turklar bilan birlashishga intilgan qrim turklari katta rol o‘ynadi. 1883 yilda Qrim turki Ismoil Gasprinskiy Rossiya va Usmonli imperiya hududlaridagi barcha turkiy tilli xalqlar yagona til va yagona harakat atrofida birlashish maqsadida Qrimda “Tarjimon” gazetasini taʼsis qildi. 1911 yilda esa Yusuf Akshura o‘g‘li Istanbulda “Turk yurti” deb nomlangan gazeta chiqara boshladi. 1913-1918 yillarda Turkiya Rossiya bilan urishayotgani bois Usmonli imperiya hukumati panturkizm targ‘ibotini rasman qo‘llab-quvvatladi.

 

XX asr boshlarida esa panturkizm g‘oyalari targ‘ibotchilari boshida turk yozuvchisi, shoir va faylasuf Huseyn Nihal Otsiz turdi.

 

Otsiz yoshligida yozuvchi va shoir Sabahaddin Ali bilan do‘stlashadi. Ammo keyinchalik ularning yo‘li ayro tushdi. Otsiz turk millatchilar siyosatini qo‘llab quvvatlagan bo‘lsa, Ali bu siyosatni tanqid qilib chiqdi. 1944 yilda Otsiz Turkiya bosh vaziri nomiga ochiq xat yozib, Alini mamlakat dushmani deya taʼriflaydi.

 

Taʼlim vazirining buyrug‘iga binoan Otsizning bu maktubi sudga yuboriladi. 1944 yilning 3 may kuni Otsiz va boshqa “Turonchilik — Irqchilik” ishi (Irkçılık-Turancılık davası) bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tadi. Yoshlar sud zalida namoyish o‘tkazadi. Ular Otsizni himoya qilib, kommunizmga qarshi fikrlarni ko‘tarib chiqadilar. Otsizning fikricha, kommunizm Turkiya uchun tahdid bo‘lib, hukumat unga qarshi yetarlicha kurasha olmay, balki hukumat tarkibiga kommunistlar kirishiga yo‘l qo‘ygan.

 

Bir yil o‘tib harbiy qamoqxonada bo‘lgan Otsiz va uning hammaslaklari Turkizm kuni sifatida isyonning bir yilligini nishonlaydilar. Bugungi kunda Turkchilik kuni – turk xalqlarining birdamlik kuniga aylanib ketgan.

 

Shаrofiddin To‘laganov

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Bugun, 3-may — Turkiylar birdamligi kuni | Zamon.uz