Mehribonlik uyi sobiq bitiruvchilariga Prezident uy sovg‘a qildi
Hasan va Husan Muhiddinovlar ayni paytda Toshkent texnika universitetida tahsil oladi.

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi Yangi O‘zbekiston massivida qurib bitkazilgan ko‘p qavatli yangi uyning ikki xonadoni Mehribonlik uyi sobiq bitiruvchilariga davlatimiz rahbarining sovg‘asi sifatida topshirildi.
Mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilari, ayni paytda Toshkent texnika universiteti bitiruvchi kurs talabalari Hasan va Husan Muhiddinovlar ham ushbu amaliy g‘amxo‘rlik natijasida o‘z uyiga ega bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobiga xarid qilingan va rasmiylashtirilgan xonadonlar kalitlarini tuman hokimi Dilshod Jalilov egizak aka-ukalarga topshirdi.







