O'zbekiston

O‘lim bilan qo‘rqitilgan jurnalist ishi bo‘yicha AOKA munosabat bildirdi

Agentlik holat yuzasidan BPga rasmiy xat yuborgan.

O‘lim bilan qo‘rqitilgan jurnalist ishi bo‘yicha AOKA munosabat bildirdi

 

Mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi Nemolchi.uz loyihasining asoschisi, jamoatchilik faoli, jurnalist Irina Matviyenko ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali unga o‘lim bilan tahdid qilingani tufayli O‘zbekistonni tark etganini maʼlum qildi. Mazkur holatga AOKA rasmiy munosbat bildirdi.

 

“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasida, jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini taʼminlashi lozimligi, shuningdek, ushbu qonunning 14-moddasida jurnalistning qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan. Bu kabi himoyaviy kafolatlar “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida ham o‘z ifodasini topgan.

 

AOKA bu kabi holatlarni so‘z va axborot erkinligini taʼminlash, jurnalistlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi borasidagi yangicha ochiqlik siyosatiga zid xatti-harakatlar sifatida keskin qoralagan. Shunga ko‘ra, AOKA voqelikni o‘rganish hamda vaziyatga huquqiy baho berish uchun  Bosh prokuraturaga ushbu masalani nazoratga olishni so‘rab rasmiy xat orqali murojaat qilgan.

 

Ayni paytda I.Matviyenkoning shaxsiy sahifasida eʼlon qilingan xabar huquqni muhofaza qilish organlari va mutasaddi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.

 

“Agentlik olib borilayotgan o‘rganish natijalarini diqqat bilan kuzatib boradi hamda jurnalist hayoti xavfsizligi taʼminlanishiga, shuningdek,  qonunchilikka zid ravishda tahdid qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishiga ishonadi”, — deyiladi munosabatda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘lim bilan qo‘rqitilgan jurnalist ishi bo‘yicha AOKA munosabat bildirdi | Zamon.uz