O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan muzokara o‘tkazdi

Ayni kunlarda Prezident rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo‘lib turibdi.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan muzokara o‘tkazdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi ushbu mamlakat Federal Kansleri Olaf Shols bilan muzokaralardan boshlandi.

 

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Germaniya Kansleriga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

 

O‘zbekiston Germaniyani o‘zining ishonchli va strategik hamkori sifatida qabul qilishi, mamlakatlarimizni chuqur tarixiy ildizlar bog‘lab turgani qayd etildi. Keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib bormoqda.

 

 

O‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma loyihalar soni ikki barobar ortgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Germaniyadan O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 5,5 milliard dollarga yetdi, shundan 4 milliard dollar oxirgi 6 yilda jalb qilingan.

 

Tashrif doirasida o‘tgan qo‘shma biznes-forum yuksak baholandi. Uning yakunida umumiy qiymati 9 milliard dollarlik savdo, investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

 

“Yashil” energetika, qazib chiqarish, kimyo, farmatsevtika tarmoqlarida, transport infratizulmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiya va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari, shular jumlasidan.

 

Germaniya kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “KfW”, «Deutsche Bank» banklari va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishga kelishib olindi.

 

 

Germaniya hukumati O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini hamda Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imkon qadar tez imzolashini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.

 

Siyosiy muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Tomonlar tashrif chog‘ida Ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish to‘g‘risida Hukumatlararo deklaratsiya imzolanishini olqishladilar.

 

Olaf Shols O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda do‘stlik va o‘zaro ishonch muhitini yaratish, integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha yangi mintaqaviy siyosatini qo‘llab-quvvatladi.

 

«Germaniya — Markaziy Osiyo» formatida muloqot maydonini ishga tushirishga ahdlashib olindi.

 

 

Mintaqada, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

 

Ushbu mamlakat uchun gumanitar loyihalarni davom ettirish, shu jumladan Termizdagi logistika majmuasi va Afg‘on yoshlari uchun taʼlim markazi imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi qayd etildi.

 

Transport va logistikani rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan samarali yo‘nalishni shakllantirishga xizmat qiluvchi Transkaspiy yo‘lagini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha yakdil fikr bildirdi.

 

Madaniy-gumanitar hamkorlikning kun tartibi boy ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Germaniya tomoni shu kunlarda Berlin shahrida O‘zbekistonning madaniy merosiga bag‘ishlab ochilayotgan noyob ko‘rgazmani yuqori baholadi.

 

O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganishga qiziqish ortib borayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Germaniya hukumati mamlakatimiz hududlarida nemis tilini o‘qitishni kengaytirishga texnik ko‘mak ko‘rsatishi to‘g‘risida kelishib olindi.

 

 

Umuman, tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, taʼlim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

 

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan muzokara o‘tkazdi | Zamon.uz