"Biz Putinga ham, Kremlga ham hujum qilganimiz yo‘q"
Zelenskiy Moskvaning ayblovlarini rad etdi.

Vladimir Zelenskiy Xelsinkida Skandinaviya davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvda Kremlning Rossiya prezidentiga suiqasdga aloqadorlik ayblovlarini rad etdi.
U Kiyevning Kremlga qilingan uchuvchisiz samolyot hujumiga aloqasi yo‘qligini aytdi.
Ukrainada qurol yo‘q va uni o‘z hududidan tashqarida qo‘llamaydi, dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy Kremlning voqeaga aloqadorligi haqidagi ayblovlarini asossiz deb atadi.
"Biz Putinga ham, Moskvaga ham hujum qilmayapmiz. Biz o‘z hududimizda jang qilyapmiz. Buning uchun ham qurolimiz yetarli emas. Biz Putinga hujum qilganimiz yo‘q", — dedi Ukraina prezidenti.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Islandiya yetakchilari o‘z davlatlari Kiyevni qancha vaqt kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
Shu kunga qadar Skandinaviya davlatlari Ukrainaga 4,4 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatgan.
Ular Kiyev taklif qilgan tinchlik modelini, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni, urush jinoyatlari bo‘yicha tribunalni yaratishni va Rossiya tajovuzi natijasida yetkazilgan yo‘qotishlarni qoplash mexanizmini qo‘llab-quvvatlamoqda.







