Bugun respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi
Baʼzi joylarda kuchli shamol kuzatiladi.

«O‘zgidromet» 5-may, juma kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-10, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda chang- to‘zonlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda chang- to‘zonlari bilan birga sekundiga 22-27 darajagacha tezlashishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.








