O'zbekiston

"Obod qishloq” va “Obod mahalla" jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtiriladi

Jarayonlar 3 ta bosqichda tashkil etiladi.

"Obod qishloq” va “Obod mahalla" jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtiriladi

 

Nizomga ko‘ra, jamoatchilik fikri asosida loyihalar to‘plami mahallalar (qishloqlar) bo‘yicha shakllantiriladi va g‘olib sifatida mahallalar (qishloqlar) aniqlanadi.

 

 Dasturlar doirasida jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish va ular uchun ovoz berish jarayoni – har yili noyabr–dekabr oylarida (2023 yil uchun, istisno tariqasida, 2023 yil may oyida) o‘tkaziladi.

 

Jarayonlar 3 ta bosqichda tashkil etiladi:

 

1️⃣-bosqichda – portalda loyihalar to‘plami shakllantiriladi;

2️⃣-bosqichda – shakllantirilgan loyihalar to‘plami saralab olinadi;

3️⃣-bosqichda – saralash bosqichidan o‘tgan loyihalar to‘plamlariga ovoz beriladi.

 

Gʻolib mahallalar (qishloqlar) ovoz berish jarayoni boshlanishidan avval keng jamoatchilikka e’lon qilingan holda quyidagi usullardan biri orqali aniqlanadi:

 

loyihalar to‘plamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib;

aholisi soni kam bo‘lgan mahallalarga (qishloqlarga) tuzatish koeffisiyentini qo‘llagan holda loyihalar to‘plamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib.

 

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra har bir tuman (shahar) uchun jamg‘armada shakllantirilgan mablag‘lar doirasida eng yuqori ko‘rsatkichni egallagan loyihalar to‘plami g‘olib deb topiladi. 

 

Bunda loyihalar to‘plami g‘olib deb topilishi uchun kamida 100 ta ovoz to‘plashi lozim.

 

Ovoz berish yakunlangandan so‘ng 3 kunda g‘olib deb topilgan loyihalar to‘plamini amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantiriladi hamda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha tuman (shahar) Maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilinadi.

 

Tuman (shahar) hokimligi tomonidan 3 kunda loyihalar uchun manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan mablag‘lar o‘tkazib beriladi. 

 

Har yil yakunlari bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etgan fuqarolar rag‘batlantirib boriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Obod qishloq” va “Obod mahalla" jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtiriladi | Zamon.uz