Jahon

Ochlikdan va oddiy kasalliklardan o'layotgan afg'on bolalari

Mamlakatda har kuni 167 nafar bola oldini olish mumkin bo'lgan kasalliklardan vafot etadi.

Ochlikdan va oddiy kasalliklardan o'layotgan afg'on bolalari

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNICEF bolalar jamg'armasiga ko'ra, Afg'onistonda har kuni 167 nafar bola oldini olish mumkin bo'lgan kasalliklardan vafot etadi - bular oddiy dori-darmonlar bilan davolash mumkin bo'lgan kasalliklardir.

 

Bolalar orasida kasallikka chalinish holatlarining ko'payishiga sabab- to'yib ovqatlanmaslik hamda sanitariya sharoitlarining yo'qligidir. Shuningdek, to'yib ovqatlanmagan zaif onalardan zaif bolalar tug'ilmoqda.Turli kasalliklarga qarshi emlanish imkonining yo'qligi uchun ham bolalar darddan himoya qilinmagan. Afg'onistondagi deyarli barcha kasalxonalarda bitta ham ishlaydigan sun'iy nafas beruvchi jihozlar yo'q. Onalar kislorod naychalarini chaqaloqlarining burunlari yaqinida ushlab turishadi, chunki ularning kichkina yuzlariga mos keladigan niqoblar mavjud emas.Mamlakatdagi kasalxonalar bemor bolalar bilan to'lgan. Aksariyatida bir yoki ikkita hamshira kamida 50-60 nafar bolaga qaraydi.

 

Afg'onistonda sog'liqni saqlash tizimi hech qachon adekvat bo'lmagan va uni deyarli to'liq moliyalashtirgan chet el pullari 2021-yilning avgustida Tolibon hokimiyatni qo'lga kiritganida muzlatilgan. Endi Tolibonning ayollarning nohukumat tashkilotlarda ishlashini taqiqlashi gumanitar tashkilotlarning faoliyatini qiyinlashtirmoqda, bu esa yanada ko'proq bolalar va chaqaloqlarni xavf ostiga qo'yishini anglatadi.

 

"Uskunalarimiz yo'q, o'qitilgan xodimlar, ayniqsa, ayol hamshiralar yetishmaydi. Biz birinchi navbatda qaysi bolani tekshirib ko'rishimiz kerakligini bilmaymiz. Chunki og'ir ahvolda bo'lgan juda ko'p bolalar bor. Go'daklarning o'limini ko'rishdan boshqa choramiz yo'q", - deydi shifokor Nigarga Sultoniy.

 

Ikki yashar Gulbadan yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan, bu kasallik arterioz yo‘llarining ochiq kanali deb ataladi. Shifokorlar buni davolash qiyin emasligini aytishdi. Ammo kasalxona jarrohlik amaliyotini o'tkazish uchun jihozlanmagan. Bemorga kerakli dori-darmonlar ham yo'q. Bolaning oilasi moliyaviy yordam olish uchun nodavlat tashkilotga murojaat qilishdi. Ularning ma'lumotlari ro'yxatga olingan, ammo o'shandan beri hech qanday javob yo'q.

 

2021-yilgacha xalqaro hamjamiyat tomonidan 20 yil davomida milliardlab dollar mablag‘ to‘plangan bo‘lsa-da, Afg‘onistonda sog‘liqni saqlash tizimi nega tez qulab tushayotgani jiddiy savollar tug‘diradi.Pulni xalqaro miqyosda tan olinmagan Tolibon hukumatiga to'g'ridan-to'g'ri berish mumkin emasligi sababli, gumanitar idoralar pulni tibbiyot xodimlarining maoshlari hamda dori-darmonga yo'naltira olmayapti. Endi shundoq ham samarasiz bo'lgan mablag' xavf ostida bo'lishi mumkin. Yordam agentliklari donorlari mablag' miqdorini qisqartirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda, chunki Tolibonning ayollarga qo'ygan cheklovlari, jumladan, afg'on ayollarining BMT va nodavlat tashkilotlarda ishlashini taqiqlashi xalqaro qonunlarni buzadi.

 

Hozirgacha BMT Afg‘oniston bo‘yicha murojaatining atigi 5 foizi moliyalashtirilgan. Afg‘onistonning G‘or viloyatidagi kasalxona yaqinida qabriston bor, undagi yangi qabrlarning kamida yarmi bolalarga tegishli. Ammo qabrlar kimga tegishli ekanligini aniqlashning iloji yo‘q, lekin katta qabrlarni kichik qabrlardan farqlash oson. Yaqin atrofdagi uyda yashovchilarning aytishicha, bugungi kunda ko'milayotganlarning aksariyati bolalardir. Qancha bolalar o'layotganini hisoblashning iloji yo'q, ammo inqiroz ko'lami haqida hamma joyda dalillar mavjud.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"