O'zbekiston

“Ko‘zmunchoq” rahbari “ko‘zmunchog‘i” sabab ishdan olindi

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi bog‘cha rahbari xizmat vazifasidan ozod qilinganligi haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

“Ko‘zmunchoq” rahbari “ko‘zmunchog‘i” sabab ishdan olindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi bolalar bog‘chasida to‘rt nafar qizchaga tegajog‘lik qilingani, bunda bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li ayblanayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼlum qilishicha, bog‘cha direktori bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

“Chilonzor tumanidagi 230-maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori bog‘cha hududiga begona shaxsni kirishiga yo‘l qo‘yib bergani, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qo‘ygani, ichki mehnat tartib-qoidalarini buzgani va o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyasizlik bilan yondashgani sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi”, — deyiladi xabarda.

 

Ayni damda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Poytaxt IIBB mazkur holat nazoratga olingani va tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishini bildirgan. Bosh prokuratura ham mazkur voqea yuzasidan munosabat bildirib, holat nazoratga olinganini, natijalari haqida qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Ko‘zmunchoq” rahbari “ko‘zmunchog‘i” sabab ishdan olindi | Zamon.uz