Rossiya Qora dengizda raketalari sonini oshirdi
Bu faollik Kremlga qilingan hujum bilan bog'liqmi?

Rossiya armiyasi Qora dengizda jangovar navbatchilik qilayotgan kemalar sonini oshirdi.
Qayd etilishicha, guruh 11 ta kemaga, shu jumladan, to‘rtta yer usti raketa tashuvchisiga ko‘paytirilgan. Kalibrli raketalar soni esa 32 taga yetdi.
Harbiylar havo hujumi signallarini e'tiborsiz qoldirmaslikka chaqirilgan. Ayrim tahlilchilar Rossiyaning bu harakatini Kremlga qilingan dronlar hujumi bilan bog'lashmoqda.







