Bugun poytaxtning ayrim tumanlarida gaz o'chadi
"Hududgaz Poytaxt" bu haqda ma'lum qildi.

Ta'mirlash ishlari sababli Yangihayot tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi.
Yangihayot tumani "Al-Farg‘oniy" MFY hududida joylashgan Avtopilot EGHUsiga shayba o‘rnatish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu tufayli joriy yilning 6-may kuni soat 11:00dan 18:00ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shundan aholi va ulgurji iste’molchilari:
"Al-Farg‘oniy", "Toshkent", "Fayzli", "Chortoq" MFYlaridagi jami 2 487 ta uy xo'jaliklarida va hududdagi ko'p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi 1 189 ta aholi xonadonlarida hamda 86 ta ulgurji iste'molchilarida.
"Ta'mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi", deyiladi xabarda.







