AQSHdagi savdo markazida otishma sodir bo'ldi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

AQSHning Texas shtati Dallas shahridagi savdo markazida otishma sodir bo‘ldi.
Politsiya ko‘plab qurbonlar haqida xabar berdi, ular orasida bolalar ham bor. 5 yoshdan 61 yoshgacha bo‘lgan to‘qqiz nafar yarador kasalxonaga yotqizilgan.
Chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari otishma sodir etgan shaxsni yo‘q qilgan. Hozirda hujum sabablari o‘rganilmoqda.








