Mehnat munosabatlariga oid xalqaro Jeneva Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi
Prezident bu bo‘yicha qonunni imzolandi.

Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to‘g‘risidagi 148-sonli Jeneva Konvensiyasi (Jeneva, 1977 yil 20 iyun) ratifikatsiya qilindi. Bu bo‘yicha qonun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023 yil 6 may kuni imzolangan.
Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi xodimlar huquqlarini himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlarini yaratish imkonini berishi va mehnatni muhofaza qilish milliy tizimini yana-da takomillashtirishga yordam beradi.
Maʼlumot uchun: Konvensiyaning asosiy maqsadi milliy qonunchilik yoki meʼyoriy hujjatlar orqali ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli kasbiy xavf-xatarlarning oldini olish va cheklashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.







