Viloyat va tuman darajasida boshqaruv sifati oshiriladi
Moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushirish reja qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament aʼzolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda mamlakat demokratik taraqqiyot yo‘lini qatʼiy davom ettirishini taʼkidladi.
Qayd etilishicha, bosh qonunda bu maqsadga erishish kafolatlari yana-da kuchaytirildi.
“Bizga inson va biznesning og‘irini yengil qiladigan, ularga sifatli xizmat ko‘rsatadigan ixcham va samarali boshqaruv tizimi kerak. Maʼmuriy islohotlarni aynan shu maqsadda boshladik. Birinchi bosqichda Hukumat va vazirliklar ixcham qilinib, ularning ish uslubi o‘zgartirildi. Navbatdagi vazifamiz viloyat va tuman darajasida ham boshqaruv sifatini oshirishdan iborat. Mening eng katta niyatim – odamlarni qiynayotgan muammolarni mahallaning o‘zi yechadigan xalqchil tizim yaratish”, — dedi davlat rahbari.
Shu bois, moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushirish reja qilingan.







