O'zbekiston

Toshkentda ayol qizining sinf rahbarini kaltakladi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Toshkentda ayol qizining sinf rahbarini kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida maktab o‘qituvchisi va o‘quvchining onasi o‘rtasida janjal yuz bergani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Voqea 1 may kuni Chilonzor tumanidagi 178-sonli umumtaʼlim maktabida sodir bo‘lgan. Shu maktabning 4-sinf rahbar o‘qituvchisi va shu sinfda o‘qiydigan qizning onasi o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan.

 

Ayni paytda holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi nazoratiga olingan. O‘qituvchi tomonidan Chilonzor tuman IIO FMBga murojaat qilingan. Hozirda huquq-tartibot xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

“Tegishli tashkilotlar yuqoridagi holat bo‘yicha befarq emas. O‘rganish ishlari olib borilmoqda va yakunlari bo‘yicha batafsil maʼlumot beriladi”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda ayol qizining sinf rahbarini kaltakladi | Zamon.uz