O'zbekiston

Prezident kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

Endi har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

Prezident kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

 

Bugun, 10-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.

 

Maʼmuriy islohotlar doirasida bu sohalarga masʼul vazirlik tashkil etilib, barcha huquqiy-tashkiliy asoslar yaratildi. Mamlakatda ilk bor minimal isteʼmol xarajatlari qiymati joriy etildi.

 

Aholi bandligini taʼminlash uchun oilaviy tadbirkorlikka 15 trillion so‘m imtiyozli kredit va subsidiyalar, dehqonchilik uchun 200 ming gektar yer ajratildi. Shu davrda 300 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti tashkil qilinib, 20 mingta korxona faoliyati kengaytirildi. O‘tgan yili 1 million nafar aholi kambag‘allikdan chiqarildi.

 

Yaqinda qabul qilingan Konstitutsiyada ham kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat o‘ziga majburiyatlar oldi.

 

Shu bois yig‘ilishda bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish choralari muhokama qilindi. Avvalo, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududlarda yangicha ishlashi kerakligi taʼkidlandi.

 

Salohiyatli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, yangi ish o‘rni yaratishga rag‘batlantirish masalasi ko‘rib chiqildi. Buning uchun ular bilan malakali ishchi tayyorlash bo‘yicha shartnoma tuziladi. Yaʼni, korxonalarda ko‘plab “amaliy monomarkaz”lar tashkil qilinadi. Davlat bunga zarur mablag‘lar ajratish bilan birga, infratuzilma, kredit, soliq va boshqa masalalar bo‘yicha yengilliklar beradi. Tadbirkor esa kambag‘al aholini daromadli ish bilan taʼminlaydi.

 

Mutasaddilarga ushbu tizimni barcha tuman va shaharlarda joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

 

Maʼlumki, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoyning tajribasi eʼtiborga molik. Buni o‘rganish va yangi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun yaqinda mamlakat delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib qaytdi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga u yerdan ekspertlar jalb qilindi.

 

Endi Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi belgilandi. Bunda kambag‘allik yuqori bo‘lgan tumanlarda yo‘l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga eʼtibor qaratiladi.

 

Bosh vazir o‘rinbosariga buning uchun zarur infratuzilma masalasini hal qilish vazifasi qo‘yildi.

 

Joriy yilda oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion so‘m kredit va 1,5 trillion so‘m subsidiyalar ajratilyapti. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash bo‘yicha 37 turdagi subsidiyalar mavjud. Lekin ularni ajratish shartlari oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, loyihaning o‘zini o‘zi oqlash muddatidan qatʼiy nazar, barcha uchun deyarli bir xil. Shu bois kredit va subsidiyalarni har bir kambag‘al oilaga alohida yondashuv asosida taqdim etish taklifi bildirildi.

 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligini xalqchil tizimga aylantirish, 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallaning o‘zida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi | Zamon.uz