Jahon

AQSH Kongress deputati 13 ta ayblov bilan hibsga olindi

Jorj Santos firibgarlik, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va pul bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda.

AQSH Kongress deputati 13 ta ayblov bilan hibsga olindi

 

AQSH vakillar palatasi aʼzosi Jorj Santosga firibgarlik, pul yuvish va davlat pulini o‘marish ayblovlari qo‘yildi. Umumiy hisobda u 13 ta bo‘lim bilan sud qarshisida javob berishi kerak. Bu haqda AQSH adliya vazirligi eʼlon qildi. Uning advokatlari va ofisi ayblov haqida izoh berishdan bosh tortgan.

 

34 yoshli Santos vakillar palatasiga saylanishi bilanoq The New York Times va boshqa OAVlar uning shaxsiy va professional hayotidagi barcha maʼlumotlar soxta ekanini aytgan edi.

 

Xususan, u Nyu-Yorkdagi Barux universiteti va kolleji diplomiga ega ekanini aytgan. Ammo o‘quv muassasasida Santos o‘qiga haqida hech qanday dalil yo‘q.

 

Shuningdek, u Goldman Sachs va Citigroup kompaniyalarida ishlaganini bildirgan. Ammo aslida bunday tashkilotlar umuman mavjud bo‘lmagan.

 

Keyinroq vakillar palatasi aʼzosi o‘z tarjimai holidagi maʼlumotlarni soxtalashtirganini tan olgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH Kongress deputati 13 ta ayblov bilan hibsga olindi | Zamon.uz