O'zbekiston

O‘zbekistonda milliy qadriyatlar ro‘yxati tuzilishi mumkin

Qayd etilishicha, bunday ro‘yxatni tuzish jahon tajribasida bor.

O‘zbekistonda milliy qadriyatlar ro‘yxati tuzilishi mumkin

 

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) milliy qadriyatlarning jamiyat hayoti va mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyatini tahlil qildi va O‘zbekistonda "muhim milliy qadriyatlar" ro‘yxatini shakllantirish taklifi bilan chiqdi.

 

MHTIning fikricha, quyidagilarni milliy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritish mumkin:

 

  1. ota-onaga ehtirom;

  2. tozalik;

  3. harakatda baraka;

  4. o‘zbek tili;

  5. diniy bag‘rikenglik;

  6. so‘z erkinligi;

  7. lafz (qonun, burch va kelishuvga sadoqat);

  8. yelkadoshlik;

  9. mehmondo‘stlik;

  10. rozi-rizolik.

 

Qayd etilishicha, bunday ro‘yxatni tuzish jahon tajribasida bor. MHTI qator davlatlar, jumladan, Rossiyani misol qilib keltirgan.

 

Rossiya Federatsiyasida 2025-yilgacha bo‘lgan davrda tarbiyani rivojlantirish strategiyasida insonparvarlik, adolatlilik, or-nomus, iroda, shaxsiy qadr-qimmat, eʼtiqod va ezgulik, o‘zi, oilasi hamda Vatani oldidagi maʼnaviy burchini bajarishga intilish rossiyaliklarning qadriyatlari sifatida belgilangan.

 

“Jamiyatdagi tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik bevosita qadriyatlar bilan bog‘liq. Qadriyatlarni belgilash va targ‘ib qilishga qaratilgan saʼy-harakatlarni ham shu bilan izohlash mumkin”, - deyiladi xabarda.

 

Taʼkidlanishicha, qadriyat xalq uchun qadrli bo‘lgan urf-odat va anʼanalar, hayotiy prinsiplar. O‘z navbatida qadriyatlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘linadi, yaʼni milliat, xalq uchun xos bo‘lgan qadriyatlar milliy qadriyatlar, butun bashariyat uchun xos bo‘lgan qadriyatlar esa umuminsoniy qadriyatlar hisoblanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda milliy qadriyatlar ro‘yxati tuzilishi mumkin | Zamon.uz