Prezident sayloviga muddatidan oldin ovoz berish sanasi ma’lum bo‘ldi
Ovoz berish kuni o‘z yashash joyida bo‘lmaganlar muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin.

O‘zbekiston Prezidenti sayloviga muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28 iyundan 5 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Markaziy saylov komissiyasining muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari saylovga 10 kun qolganda boshlanadi va 3 kun qolganda tugaydi, ya’ni 28 iyundan 5 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Prezident saylovi muddatidan ilgari o‘tkazilishi haqida farmonga imzo qo‘ygandi. Saylov joriy yilning 9 iyul kuniga tayinlandi.







