Prezidentlikka birinchi nomzod nomi ma’lum bo‘ldi
Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 11-may kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi.
Ekopartiya plenumi prezidentlikka nomzod masalasini ko‘rib chiqdi.
Plenumda O‘zbekiston Ekologik partiyasining bo‘lajak s’yezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod etib partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Xamzayev Abdushukur Xudoykulovichni ko‘rsatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.







