1 milliard so‘mdan ortiq tovar-moddiy boyliklar yo‘q qilindi
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Bojxona-servis” davlat muassasasi omboxonasida yo‘q qilish tadbiri tayinlandi.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Bojxona-servis” davlat muassasasi omborxonasida yo‘q qilish tadbiri tayinlandi. Tadbir davomida jami 1 milliard so‘mdan ortiq 52 mingga yaqin tovar moddiy boyliklar va daliliy ashyolar tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan usullarda yaroqsiz holatga keltirilib, yo‘q qilib tashlanmoqda. Shundan, 40 ming 357 dona “Tropikamid”, “Regapen”, “Zardeks”, “Selofen” va boshqa turdagi psixotrop dori vositalari, 6 dona maishiy texnikalar, 1ming 822 dona tamaki va alkogol vositalari hamda 9 ming 350 dona boshqa mol-mulklar yo‘q qilinmoqda.
Jumladan, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining Yo.Eshmamatov va boshqalarga oid jinoyat ishi yuzasidan qabul qilgan hukmiga asosan berilgan ijro varaqasiga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruhning faol aʼzolari tomonidan O‘zbekiston hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan jami 6 ming 81 dona “Tropikamid”, 191 dona “ZARDEKS”, 556 dona “REGAPEN”, 16 dona “Selofen Zaleplon” kapsula psixotrop dori vositalari yaroqsiz holatga keltirilib, yo‘q qilib tashlandi. Xuddi shunday sudlarning qarorlariga asosan, 33 ming 513 dona har xil turdagi dori vositalari ham yaroqsiz holatga keltirilib, yo‘q qilindi.







