AQSH maktablarda nazoratni kuchaytirmoqda
Michigan shatida o‘quvchilarga ryukzak olib yurish taqiqlandi.

AQSHning Michigan shtatidagi maktablarda o‘quvchilarga ryukzak olib yurishni taqiqladi. Bu qaror bir oy ichida o‘quvchilaridan to‘rtta qurol musodara qilinishi bilan bog‘liq.
To‘rt holatdan uchtasida qurollar ryukzaklarda bo‘lgan. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan o‘yinchoq o‘qotar qurollar ham olib qo‘yildi. Bundam tashqari, maktablarga qo‘shincha xaltalar olib kirish ham mumkin emas.
Taqiqlar Qo‘shma Shtatlarda ommaviy otishmalar ko‘paygan bir paytda amalga oshirildi. Shu oy boshida Oq uy matbuot kotibi AQSHda yil boshidan buyon 200 ta ommaviy otishma sodir bo‘lganini aytdi.








