O'zbekiston

Moliya va soliq idorasining 30 foiz vakolati mahalla darajasiga tushiriladi

Bu haqda Prezident Shayxontohurdagi mahalla odamlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Moliya va soliq idorasining 30 foiz vakolati mahalla darajasiga tushiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi Jangoh mahallasida bo‘ldi.

 

O‘zbekistonda quyi tizimga qaratilayotgan eʼtibor ushbu mahallada ham namoyon. Fuqarolar yig‘ini binosi, ko‘p qavatli uylar zamonaviy qiyofaga ega. Maydonchalar va ichki yo‘llar tekislanib, atrofi obodonlashtirilgan. Bolalar o‘yingohi va avtoturargoh tashkil etilgan.

 

Davlat rahbari bu ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mahalla raisi va vakillari bilan suhbatlashdi.

 

“Mahallada “beshlik” tizimini joriy qilib, keng imkoniyatlar berdik. Bugun ular aholi bilan davlat o‘rtasida ko‘prik. Bu ko‘prik qancha adolatli, shaffof, mustahkam bo‘lsa, xalqimiz shuncha rozi bo‘ladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Jangoh mahallasida 6 ming 700 nafardan ziyod aholi yashaydi. O‘ndan ortiq maishiy xizmat va yuzdan ziyod savdo do‘konlarida mahalla yoshlari ham ishlamoqda. Aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun ham sharoitlar yaratilgan.

 

Davlat rahbari “Yangi Jangoh” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi. U mahalladagi 52 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatadi. 24 nafar mutaxassis va maxsus texnikalar doim shay holatda. Hisob-kitoblarda billing tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Mening uyim” mobil ilovasi joriy etilgan.

 

Mutasaddilar bilan suhbatda kommunal tarmoqlarni yangilab borish, aholi ishonchini qozonib, to‘lovlar barqarorligini taʼminlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

Mahalla ayvonida odamlar bilan samimiy suhbat bo‘ldi.

 

“Biz faoliyatimizning birinchi kunidan hamma ishlarni mahallada amalga oshiryapmiz. Chunki bu insonga eng yaqin tizim. Mahallangizdagi obodlik bir misol. Bunday ishlar faqat Toshkentda emas, Qoraqalpog‘istonu Xorazmda ham, Qashqadaryoda ham, hamma joyda qilinyapti. xalqimizning o‘zi – adolatli hakam. Bugun yurtimizdagi har bir inson ijobiy o‘zgarishlarni sezyapti. Endi bu ishlarni davom ettirib, moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushiramiz. Bu – insonlarning og‘irini yengil qiladigan, ularga sifatli xizmat ko‘rsatadigan xalqchil tizim bo‘ladi”, – dedi Prezident.

 

Nuroniy otaxon va onaxonlar mahalladagi, umuman, yurtimizdagi o‘zgarishlardan xursandligini taʼkidlab, duolar qildi.

 

Prezident shu mahalla yaqinida, Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi xiyobonda barpo etilgan istirohat yo‘lagini ham ko‘zdan kechirdi. Bu maskan aholi va xorijlik turistlar uchun yana bir diqqatga sazovor joyga aylanishi taʼkidlandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Moliya va soliq idorasining 30 foiz vakolati mahalla darajasiga tushiriladi | Zamon.uz