Moskvada havo qatnovi ommaviy ravishda cheklandi
Bugun Moskva aeroportlarida 21 ta reys bekor qilindi.

Bugun Moskva aeroportlarida 21 ta reys bekor qilindi. Bu haqdagi maʼlumot parvozlarni onlayn kuzatish imkoni mavjud bo‘lgan “Yandeks.Raspisaniya” saytida xabar qilindi.
Manbaga ko‘ra, “Vnukovo” aeroportida ikkita reys kechiktirilgan va oltitasi bekor qilingan. “Sheremetyevo”da bir samolyotning uchish vaqti o‘zgartirilgan. Shuningdek, “Domodedovo”da yetti laynerning parvozi keyinga surilgan, beshta parvoz umuman amalga oshirilmagan. “Jukovskiy”da esa jadvaldagi reyslar to‘xtatilishi haqida maʼlumot ko‘rsatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida sayyohlar muttasil parvoz tufayli teri saratoniga chalinishi mumkinligi to‘g‘risida dermatologlar tomonidan ogohlantirilgandi. Mutaxassislar yuqori balandlikda quyosh nurining teriga salbiy taʼsiri sezilarli darajada oshishini taʼkidlagan.







