Prezidentlikka 4-nomzod nomi maʼlum bo‘ldi
O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Shavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatladi.

Bugun, 12-may kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda muddatidan ilgari o‘tadigan prezidentlik saylovida O‘zLiDePning ishtiroki va partiyaning navbatdagi Syezdida partiyadan ko‘rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilindi.
O‘zLiDeP Siyosiy kengashi aʼzolari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatish masalasini navbatdagi partiya Syezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar.








