O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohurga tashrif buyurdi

Prezident tuman aholisining turmush sharoiti va bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan.

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohurga tashrif buyurdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining turmush sharoitlari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga tashrif buyurdi.

 

Davlat rahbari dastlab Samarqand darvoza mahallasida barpo etilgan kasbga yo‘naltirish markazida bo‘ldi. Bu yerda yoshlar va ayollarga savdo, marketing, moliya, axborot texnologiyalari sohalaridagi zamonaviy kasblar o‘rgatiladi. Keyinchalik ularning yuqori daromadli ish topishiga ham ko‘maklashiladi. Markaz atrofi obodonlashtirilgan, ishkomlar o‘rnatilib, toklar ekilgan.

 

Shu yerda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari taqdimot qilindi. 10 may kuni shu masala bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda salohiyatli tadbirkorlarni yangi ish o‘rinlari yaratishga rag‘batlantirish taklifi bildirilgan edi.

 

Masalan, Shayxontohur tumanida 51 ta mahalla bor. Salohiyati yuqori tadbirkorlar 100 dan ziyod. Shartnoma asosida ularga mahallalardagi ishsizlar biriktirilmoqda. Unga ko‘ra, davlat sharoit yaratadi, tadbirkorlar aholini kasbga o‘qitib, ish bilan taʼminlaydi.

 

“Bu ikki tomonlama manfaatli. Hozir ko‘p tadbirkorlar faoliyatini kengaytirmoqchi, hammaga malakali ishchi kerak. Maqsadimiz — korxonalar amaliy monomarkazga aylanib, sohaga mutaxassis tayyorlasin. Buning uchun davlat infratuzilma, moliya, soliq bo‘yicha yengilliklar beradi. Ish o‘rinlari ko‘paygani, aholining xarid qobiliyati oshgani hisobidan bu pul pirovardida iqtisodiyotga qaytib tushadi. Eng muhimi, bu amaliyot yoshlar uchun faqat ish o‘rganish emas, hayot maktabi bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Taqdimotda Shayxontohurning turizm salohiyatini ishga solish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi. Poytaxt tumanlari hokimlari Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlar tajribasini o‘rganishi zarurligi taʼkidlandi.

 

Davlat rahbari ushbu markazdagi sport-sog‘lomlashtirish majmuasini ham kirib ko‘rdi. Unda yopiq suv havzasi va sport zali mavjud.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohurga tashrif buyurdi | Zamon.uz