Bolalarni bo‘g‘ib, ularni kaltaklagan erkak shaxsi aniqlandi
Holat yuzasidan IIBB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak yosh bolalarni qiynayotgani, ularni sirtmoq bilan bo‘g‘ib ko‘targani va yerda yotgan bolani tepib, ko‘tarib uloqtirib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu fuqaroning shaxsi aniqlanib, holat nazoratga olingan.
“Tafsilotlar bo‘yicha batafsil axborot beriladi”, — deyiladi rasmiy xabarda.








