Toshkentda Spark YTHga uchrab, ag‘darilib ketdi
Hodisa oqibatida 3 kishi tan jarohati olgan.

Kecha, 13 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Spark avtomashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Hodisa soat 05:00 larda Chilonzor tumanining Toshkent halqa aylanma yo‘li ko‘chasida yuz bergan. 2003 yilda tug‘ilgan A.S. Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilib ketgan.
YTH oqibatida uch kishi: haydovchi A.S. va ikki nafar yo‘lovchi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








