O'zbekiston

Dorilarni qanday suyuqlik bilan ichish kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Dorilarni qanday suyuqlik bilan ichish kerak?

 

Mutaxassislar fikricha, har qanday suyuqlik ham qabul qilinayotgan preparatga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Zero, har qaysi dori vositasining tarkibi va taʼsir doirasi turlicha bo‘lib, u yoki bu turdagi suyuqlik bilan o‘zaro taʼsirga kirishadi.

 

Dotsent Muattar Xo‘jayevaning maʼlumot berishicha, kapsuladagi tabletkalar tik turgan holatda 100 ml. qaynatilgan iliq suv bilan ichilishi kerak. Suyuqlik miqdori oz bo‘lsa, kapsula qizilo‘ngachga yopishib qolishi ham mumkin.

 

Yurak faoliyatini yaxshilashga mo‘ljallangan tomchi dorilarni 20-30 ml. suv yoki qand bo‘lagiga tomizib, so‘ng qabul qilsa ham bo‘ladi.

 

Mukalitik turdagi tabletkalar (mukaltin) 1 osh qoshiq suvda eritib ichilsa, yaxshi taʼsir etadi.

 

Eritromitsin guruhiga mansub dori vositalarini ishqorli suv bilan qabul qilish lozim. Nordon sharbatlar esa tavsiya etilmaydi.

 

Kofein, teobromin va teofillin preparatlari esa aksincha nordon sharbatlar bilan ichilishi mumkin.

 

Isitma qoldiruvchi dori vositalari sut bilan ichilmaydi! Bunda 150 ml. qaynagan suv kifoya.

 

Tanin moddali choylar dori turlari tarkibini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ayniqsa, kamqonlikni davolashda qo‘llaniladigan temir moddasidan iborat preparatlarni choy bilan ichish mumkin emas!

 

Bu holatda cho‘kma hosil bo‘lishi va organizmga nojo‘ya taʼsir qilish ehtimoli mavjud. Shuningdek, qon-tomir kasalliklari, hazm qilish faoliyatini yaxshilovchi, meʼda yarasi, antibiotiklar hamda nevrologiyada qo‘llaniluvchi dori vositalarini ham choy bilan ichish tavsiya etilmaydi.

 

Qahva esa preparat taʼsirini kamaytirib, organizmdan ajralib chiqishini tezlashtiradi. Umuman, dorini qahva bilan qabul qilish kutilmagan holatlarga olib kelishi kuzatilgan. Ayniqsa, og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarini ushbu ichimlik bilan ichish jigarga ziyon. Yaxshisi, preparatlarni qaynatilgan suv bilan ichish tavsiya etiladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Dorilarni qanday suyuqlik bilan ichish kerak? | Zamon.uz