O'zbekiston

“O‘zgidromet” 15-may uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi

Bugun respublikada 37 darajagacha issiq harorat bo‘lishi kutilyapti.

“O‘zgidromet” 15-may uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi

 

“O‘zgidromet” 15-may, dushanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, baʼzi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 22-28 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi. 

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.    

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi. 

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.   

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi. 

 

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"