O'zbekiston

Mastercard O‘zbekistonda vakolatxonasini ochmoqchi

Bu haqda kompaniya vakillari eʼlon qilishdi.

Mastercard O‘zbekistonda vakolatxonasini ochmoqchi

 

Kecha, 16-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Mastercard kompaniyasining Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasi bo‘yicha prezidenti Dimitrios Dozis boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar raqamlashtirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda IT-autsorsing markazlari, BPO va KPO sohalarini yana-da rivojlantirishda hamkorlikni muhokama qilgan.

 

Shuningdek, Mastercard O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish rejasini eʼlon qilgan, bu ularning mamlakat raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga qiziqishini ifodalaydi.

 

“O‘zbekistonda Mastercard vakolatxonasining ochilishi hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish va kompaniya xizmatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu mahalliy biznes va davlat organlari bilan hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro miqyosda raqamli iqtisodiyot markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi”, — deyiladi xabarda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Mastercard O‘zbekistonda vakolatxonasini ochmoqchi | Zamon.uz