Toshkentda odam o‘g‘rilari ushlandi
Ular YPX xodimi formasida jinoyat sodir etgan.

Toshkent shahrida YPX xodimi formasi va niqobda odam o‘g‘irlagan jinoiy guruhga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining hukmi bilan 1980 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi JKning 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 2-qismining “b, V” bandlari, 28,164-moddasi (bosqinchilikda tashkilotchi) 2-qismining “a, b, V” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismining “a” bandi, 28,267-moddasi (transport vositasini olib qochishda tashkilotchi) 2-qismining “b, V” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi va 15 yil ozodlikdan mahrum qilingan.
Qolgan uch nafar sudlanuvchilar “odam o‘g‘irlash”, “bosqinchilik”, “tovlamachilik”, “transport vositasini olib qochish” jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. 1997 yilda tug‘ilgan sudlanuvchiga 13 yil 6 oy, va 1981 yilda tug‘ilgan sudlanuvchiga 13 yil 9 oy, 1994 yilda tug‘ilgan sudlanuvchiga esa 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvilardan solidar tartibda jabrlanuvchi foydasiga 437 139 548 so‘m undirilishi belgilangan.








