O'zbekiston

Buxoro shahrida “Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi”  bo‘lib o‘tdi

Ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur xalqaro anjuman Markaziy Osiyo davlatlarining masʼul davlat idoralari vakillari hamda xalqaro va nodavlat tashkilotlarning yetakchi ekspertlari ishtirokida davlat idoralari faoliyatining ochiqligini taʼminlash bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Buxoro shahrida “Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi”  bo‘lib o‘tdi

 

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Buxoro shahrida “Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi” o‘tkazildi.

 

Ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur xalqaro anjuman Markaziy Osiyo davlatlarining masʼul davlat idoralari vakillari hamda xalqaro va nodavlat tashkilotlarning yetakchi ekspertlari ishtirokida davlat idoralari faoliyatining ochiqligini taʼminlash bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

 

Unda, shuningdek, Oliy Majlisi Senati Raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.Narbayeva kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

 

Forumda dastlab O‘zbekistonda davlat rahbarining tashabbusi bilan  davlat idoralari faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasiga bag‘ishlangan taqdimot xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etildi. 

 

Taʼkidlanganidek,   2021-2022 yillarda qabul qilingan 64 ta normativ-huquqiy hujjatlarda ochiqlikni taʼminlash hamda turli soha va yo‘nalishlarda shaffoflik mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan 175 ta vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

 

Mazkur topshiriqlarning 47 tasi qonunchilikda amalda mavjud bo‘lgan tartib-taomillarni ochiqlik prinsiplari asosida takomillashtirishga  qaratilgan bo‘lsa, 94 tasi bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish nazarda tutilgan.

 

Xususan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarning qatʼiy ro‘yxati tasdiqlanib (PF-6247-son, 16.06.2021 yil), axborotlar joylashtiriladigan resurs, yangilab borish muddati va masʼul ijrochilar aniq belgilab berildi.

 

Shu kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni (PF-154-son, 14.06.2022 yil)  bilan davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi.

 

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksga Qonun bilan (O‘RQ-786, 03.08.2022 yil) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritlib, unda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi.

 

Yana bir muhim jihat, mamlakatimizda raqamli texnologiyalardan keng foydalanilgan holda data.gov.uz, my.gov.uz, regulation.gov.uz, d.xarid.uz, e-qaror.uz va boshqa onlayn platformalarda maʼlumotlar ochiq eʼlon qilib kelinmoqda.

 

Bundan tashqari, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, xalq deputatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari hamda tuman shahar kengashlari sessiyalarini jonli efirga uzatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Oliy taʼlim muassasalari va Prezident taʼlim muassasalari kirish imtihonlari (test va ijodiy imtihonlar) jarayonlari to‘liq jonli efirga uzatib borilmoqda.

 

Shu kabi tizimli islohotlar samarasi o‘laroq O‘zbekiston “Open Data Watch” tashkilotining “Open Data Inventory” (ODIN) Ochiq maʼlumotlar reytingida  66 ball yig‘ib, jahon bo‘yicha 40-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi. (2020 yilda  63 ball bilan 44-o‘rinni egallagan).

 

Hozirgi kunda mamlakatimiz “Open data Inception” maʼlumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida 124 ta ochiq maʼlumotlar manbalari bilan ochiq manbalar soni mavjudligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni egallab turibdi.

 

Taqdimotdan so‘ng Forum o‘z ishini “Davlat idoralari faoliyati ochiqligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi roli”, “Ochiq maʼlumotlar ekotizimini yaratishning dolzarb masalalari”, “Ochiqlik va hisobdorlikni taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik mexanizmlari” kabi sessiyalardagi muhokamalar bilan davom ettirdi.

 

Mazkur sessiyalar doirasida asosiy eʼtibor korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash bo‘yicha ilg‘or mexanizmlarni joriy etish, bu borada milliy va xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish, davlat xizmatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, qolaversa,  sohadagi huquqiy va institutsional bazani yana-da takomillashtirish masalalariga qaratildi.

 

Forumda Markaziy Osiyo davlatlari vakillaridan tashqari, Fransiya, Germaniya, Sloveniya hamda Argentina kabi davlatlar vakillari ham ishtirok etib o‘z tajriba va ilg‘or amaliyoti bilan o‘rtoqlashdi.

 

Muloqotlar mobaynida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda ochiqlikni taʼminlashga doir samarali siyosatni ishlab chiqish, ayni yo‘nalishdagi chora-tadbirlar natijadorligini baholash va sifatini oshirish masalalarida ham o‘zaro fikr almashildi.   

 

Forum doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishga tushiriladigan yana bir muhim loyiha - “Open Data” elektron platformasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur platforma davlat organlari va  tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul bo‘lgan xodimlarning salohiyatini oshirish borasidagi tizimli ishlarni yana-da takomillashtirish maqsadida  ishlab chiqilgan bo‘lib, u xodimlarga ish joyidan ajralmagan holda onlayn o‘qish imkonini beradi.  

 

Platformada har bir o‘quv moduli yakunida tinglovchining bilimi test va boshqa interaktiv usullar yordamida sinovdan o‘tkazish, to‘plagan ballar asosida ularning reytingini yuritish va yuqori natijaga erishganlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etilgan.

 

Forum yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif va fikr-mulohazalar asosida “Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi” tavsiyalari qabul qilindi.

 

Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi: ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi: ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar va turar joy majmualarida 19-oktyabrdan 20-oktyabrgacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioni Samarqandda kutib oldi

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioni Samarqandda kutib oldi

Bu AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyoga ilk tashrifi ekani qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik qurilmoqda.

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi xalqaro nashrlarda yoritildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezidentga majmuani rivojlantirish, ziyorat turizmini kengaytirish va allomaning ilmiy merosini dunyoga targ‘ib qilish ishlari haqida axborot berildi.

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonga tashrifi arafasida nega aynan hozir, dunyoda inqirozlar avj olgan bir paytda Samarqandga yo‘l olgani haqidagi savolga javob berdi.

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari xalqaro tadbirlar sabab shaharga kirish yo‘llari va 16 ta markaziy ko‘chada transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

Giyohvand modda Toshkentga olib ketilayotgan bo‘lgan.