Hind okeanida baliqchilar kemasi ag‘darilib ketdi
Ekipaj aʼzolarining taqdiri hozircha nomaʼlum.

“Sinxu” agentligining maʼlum qilishicha, Hind okeanida Xitoyning baliqchi kemasi ag‘darilib ketdi. Hodisa vaqtida bortda 39 nafar ekipaj aʼzosi bo‘lgan.
Gap 17 nafar Xitoy fuqarosi, 17 nafar Indoneziya fuqarosi va besh nafar Filippin fuqarosi haqida bormoqda. Ular bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.
Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. XXR raisi Si Szinpin favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyga qo‘shimcha qutqaruv kuchlarini yuborishni buyurdi, deya xabar bermoqda.







