O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev YеTTB prezidentini qabul qildi

Uchrashuvda Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etilgan.

Shavkat Mirziyoyev YеTTB prezidentini qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrif doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoni qabul qildi.

 

Uchrashuv boshida davlat rahbari bank rahbariyati va jamoasini Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi 70 ta mamlakatdan 2,5 ming nafardan ziyod delegat ishtirokida O‘zbekistonda muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani bilan samimiy tabrikladi.

 

Ushbu tadbir global iqtisodiyot istiqbollarini keng muhokama va chuqur tahlil qilish, uni barqaror rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim maydon bo‘lishiga ishonch bildirildi.

 

Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi samarali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

2017 yildan buyon bank mamlakatga 3,3 milliard yevro investitsiya kiritdi, loyihalar portfelining 55 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston YETTBning mintaqadagi yetakchi hamkori hisoblanadi va amaliyotlar hajmi bo‘yicha birinchi beshlikka kiradi.

 

Bankning ko‘magi va faol ishtiroki bilan Xorijiy investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi samarali o‘tkazildi. Investitsiya va bank-moliya sohalarida yirik bitimlar amalga oshirildi. Yetakchi moliyaviy institut ekspertlari “yashil” iqtisodiyot, kommunal soha va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi islohotlarga ko‘maklashmoqda.

 

Yangi uzoq muddatli Sheriklik strategiyasini tayyorlash va boyitish masalalari diqqat markazida.

 

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, xususiylashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, “yashil” va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hamda “Yashil shaharlar” dasturidagi ishtirokni kengaytirish borasidagi dastur va loyihalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.

 

Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso Samarqand shahrida bank boshqaruvchilarining yillik uchrashuvini tashkil etish va muvaffaqiyatli o‘tkazishda ko‘rsatilgan ko‘mak uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

 

Tomonlar mamlakatdagi ortga qaytmas tus olgan islohotlar doirasida O‘zbekiston va YETTB strategik hamkorligining yangi kun tartibini birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanini taʼkidladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev YеTTB prezidentini qabul qildi | Zamon.uz