O'zbekiston

Bolalarga g‘amxo‘rlik, ravon bo‘layotgan yo‘llar, tadbirkorligi yo‘lga qo‘yilgan fuqarolar...

Respublika ishchi guruhi o‘z ishini uch viloyatda davom ettirmoqda.

Bolalarga g‘amxo‘rlik, ravon bo‘layotgan yo‘llar, tadbirkorligi yo‘lga qo‘yilgan fuqarolar...

 

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi uchta hududda – Jizzax, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

 

Mazkur ishchi guruhga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari hamda 13 ta respublika vazirlik, idora va tashkilotlari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan.

 

Ishchi guruh tomonidan viloyatlarning har bir tuman va shaharlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan mahallalarda xonadonbay yurish orqali aholi uchun dolzarb muammolar o‘rganish va ularni samarali hal etish ishlari davom ettirilmoqda.

 

Jumladan, Namangan viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, aholi muammolarini hal etish, mahallani obod qilish, ichki yo‘llarini shag‘allashtirish bo‘yicha namunaviy ishlar tashkil etildi. Misol uchun, Prezident Administratsiyasi masʼul xodimlari boshchiligidagi Ishchi guruh Namangan tumanining Andijon viloyati bilan chegaradosh og‘ir “Oq yer” mahallasida bo‘lib, mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashib, aholi kayfiyati o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Xususan, 2 km ichki yo‘l shag‘allashtirilib, 1 km yo‘lga asfalt yotqizildi, ariq-zovurlar aholi vakillari ishtirokida tozalandi. 400 dan ortiq fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, og‘ir sharoitdagi xonadonlarni taʼmirlash ishlari boshlandi, ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi, hududdagi bog‘chalar uchun zarur jihozlar yetkazildi.

 

Bundan tashqari, viloyatdagi ichki yo‘llarning jami 20 kmga yaqin qismi taʼmirlandi. Aholiga qo‘shimcha 446,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 60 Ta temir beton tayanchlar yangilandi, 4,8 km tarmoq tortildi.

 

Namangan tumanidagi 36 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 4 000 ta bolalar yotoqxona to‘plami, o‘quv qurollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. 

 

Tijorat banklari tomonidan 764 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 40,0 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 116 nafar fuqaroga 2,8 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

 

Xuddi shunday amaliy ishlar Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida ham amalga oshirilyapti.

 

Xususan, Jizzax viloyatida “Qizil hudud” dasturiga kiritilgan mahallalar holatini yaxshilash maqsadida, viloyatning 13 tumanida 90,7 km yo‘llar yangidan shag‘al yotqizish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Undan tashqari, ichki yo‘llarning jami 45,0 km qismi taʼmirlandi.

 

Aholi ehtiyojiga qarab qo‘shimcha 826 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 67 ta ko‘p qavatli uylarda mukammal taʼmirlash ishlari olib borilib, shunda 44 ta uyning tom qisminiing mukammal taʼmirlanishi yakunlanmoqda.

 

“Saхovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 499 nafar fuqaroga 1 358 mln so‘mlik yordam ko‘rsatildi. “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 3 496 nafar xotin-qizlarga 2 432,6 mln so‘mlik yordam ko‘rsatildi. “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 932 nafar fuqarolarga 3 057,0 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

 

Qashqadaryo viloyatida aholi murojaatidan kelib chiqqan holda 11,4 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi. Aholiga qo‘shimcha 60 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 50 dan ziyod temir beton tayanchlar yangilandi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 3 km yaqin ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, Shahrisabz shahri Markaziy suv inshootidagi nasoslar joriy taʼmirlanib o‘rnatildi.

 

Viloyat aholisi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu maqsadda tijorat banklari tomonidan 840 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 43,5 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi.

 

Respublika ishchi guruhining joylardagi ishlari davom etmoqda.

custom img

Andijon viloyatida bedarak yo‘qolgan o‘smirning jasadi Qoradaryodan topildi

U do‘stlari bilan daryoga cho‘milish uchun borib, suvga cho‘kib ketgan.

custom img

Kamera va fotoradarlar tufayli YTHlar kamaydi — IIV

IIV kamera va radarlar bo‘yicha deputatlik so‘roviga javob berdi.

custom img

Bolalar ombudsmani transformatorlar bo‘yicha xavfsizlik nazoratini kuchaytirishni talab qildi

Bolalar ombudsmani tomonidan vakolatli davlat organiga tegishli ta’sir hujjati kiritildi.

custom img

Andijon va Islomobodda Zahiriddin Muhammad Boburga haykal qo‘yiladi

Prezidentga haykalning eskizlari, kompozitsion yechimlari va Bobur siymosini aks ettirishga oid ilmiy-badiiy yondashuvlar haqida axborot berildi.

custom img

Toshkentda o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini kaltakladi

Mazkur holatga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi bildirildi.

custom img

Qashqadaryoda kuchli sel oqibatida 25 yoshli yigit halok bo‘ldi

Voqea 19-may kuni G‘injak qishlog‘ida yuz bergan. Yigit adirda mol boqib yurgani aytilmoqda.

custom img

Toshkentda bolalar onkologiyasiga bag'ishlangan EURO Master Course 2026 xalqaro ta'lim kursi bo‘lib o‘tadi

Tadbirda 18 davlatdan 70 nafardan ortiq onkolog-shifokor va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekistonda biometrik pasport uchun “aqlli kabinalar” joriy etilishi mumkin

Loyiha pasport rasmiylashtirish muddatini ikki oydan 10 ish kunigacha qisqartiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"