Yevrokomissiya rahbari JSSTni isloh qilish kerakligini aytdi
G7 sammitining navbatdagi sessiyasi global inqirozlarga qarshi kurashga bag‘ishlandi.

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan G7 sammitida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini isloh qilish kerakligini aytdi. Bu kelajakdagi global sog‘liqni saqlash inqirozi holatlari uchun zarur.
"Biz global sog‘liqni saqlash arxitekturasini mustahkamlashimiz kerak. Kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish, ularga tayyorgarlik ko‘rish va ularga javob berishda kuchli global muvofiqlashtirish kerak. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘z vazifasini bajarishi uchun zarur bo‘lgan resurslar bilan isloh qilinishi kerak ", - dedi u global inqirozlarga qarshi kurashga bag‘ishlangan sessiyada.
Shuningdek, u sog‘liqni saqlash salohiyati yetarli bo‘lmagan mamlakatlar va mintaqalarning barqarorligini kuchaytirish muhimligini taʼkidladi.







