Jahon

Bo‘lajak stomatologlar ishini baholovchi robot yaratildi

Olimlar kelgusida bunday robotlardan keng foydalanishni maqsad qilgan.

Bo‘lajak stomatologlar ishini baholovchi robot yaratildi

 

Rossiyaning Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti va Perm davlat tibbiyot universiteti olimlari o‘zaro hamkorlikda bo‘lajak stomatologlar uchun maxsus simulyator yaratdi.

 

Mazkur robot texnologiyasi talabalar bilim va mahoratini avtomatik tarzda baholab, xuddi bemor singari ko‘rsatilgan tibbiy xizmat sifati haqida fikr bildira oladi.

 

Simulyatorga haqiqiy emal qattiqligiga ega rezina va plastmassa materiallardan tayyorlangan almashtiriluvchi tishlar o‘rnatilgan.

 

U to‘rt turdagi stomatologik xizmat, yaʼni kariyesni davolash, koronka tayyorlash, tishni olib tashlash hamda kanallarni muolaja qilishga mo‘ljallangan.

 

Mashg‘ulot chog‘ida talabalar amaliyot turiga ko‘ra, odatiy monolit yoki maxsus rangli tishlar hamda plombalardan foydalanishlari mumkin. 

 

Bu innovatsion ishlanma orqali taʼlim oluvchilar inson tishlari tuzilishi bilan bir xil maketda tadqiqot olish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Qolaversa, maxsus dasturlashtirilgan neyrotarmoq olib tashlangan tishlar yoki ularning burg‘ulangan qismlari chuqurligi, kengligi, tekisligi va boshqa xususiyatlarini soniyalar ichida tahlil qilib, bajaruvchining mahorat va ko‘nikmasini avtomatik baholaydi.

 

Bundan tashqari, simulyator o‘tilgan amaliy mashg‘ulotlar va maʼruzalar mavzulari bo‘yicha savollar hamda test topshiriqlari orqali talabalarning bilim darajasini tekshiradi.

 

Rossiyalik olimlar kelgusida tibbiyot kadrlari tayyorlash jarayonida bunday robotlardan keng foydalanishni maqsad qilgan.

 

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"