O‘zbek shoirasining kitobi AQSHda chop etildi
Kitob 1-bosqichda 10 ming nusxada bosilgan.

Taniqli o‘zbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning “Meni yuraklardan top” deb nomlangan kitobi AQSHning Dallas shtatidagi Mundus Atrium Press nashriyotida nashr qilindi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi yozmoqda.
Hozircha shoiraning dunyoning 27 davlatida kitobi chiqdi va 34 ta xorijiy tilga o‘girildi.
Nashriyot bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, mazkur kitob birinchi bosqichda 10 ming nusxada bosildi va okean ortida sotuvga chiqarildi.
Kitobni taniqli ingliz shoiri Jon Farndon o‘zbek shoirasi Maftuna Dunyo bilan hamkorlikda tarjima qilishgan.








