Toshkent metrosida 1 kunda nechta yo‘lovchi qatnamoqda?
Statistika qo‘mitasi bu bo‘yicha raqamlarni ochiqladi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 38,7 mln yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 11,3 mln nafarga ko‘p.
2023 yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 430,1 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan bo‘lib, 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,3 foiz ko‘p.








