O'zbekiston

Maktablarda fanlar soni 5 taga kamaytiriladi

Yuqori sinf o‘quvchilariga 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani tatbiq etiladi.

Maktablarda fanlar soni 5 taga kamaytiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning birinchi moddasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilab qo‘yildi. Bu boradagi eng katta sohalardan biri taʼlimdir. Uni izchil rivojlantirish maqsadida, maʼmuriy islohotlar doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkil etildi. Tizimni tarkibiy maqbullashtirish, zamonaviy dasturlarni joriy qilish, xodimlarni rag‘batlantirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Taqdimotda shu boradagi rejalar muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, boshlang‘ich sinflarda xorijiy tajriba asosida yangi o‘quv dasturi joriy qilinadi. Yuqori sinflarda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, dasturlarning fanlararo va sinflararo integratsiyasi taʼminlanadi. Bunda 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani tatbiq etiladi. Yangi o‘quv yilidan informatika fani 1-sinfdan o‘rgatiladi.

 

Hozirda mavzularning 70 foizi kundalik hayot bilan bog‘lanmagan. Endi fanlarning amaliy mashg‘ulotlar ulushi 40 foizdan 60 foizgacha oshiriladi. Bunda mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.

 

Maktablarni malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Yaʼni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida o‘qituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak bo‘ladi.

 

O‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo‘yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi. Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama to‘lanishi mumkin.

 

Shuningdek, bog‘chalarga malakali tarbiyachilarni jalb qilish uchun 2024 yil 1 iyundan ularning ish haqi stavkalari maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.

 

Umumtaʼlim maktablariga byudjetdan tashqari mablag‘lardan erkin foydalanish huquqi berilgani ularning moddiy ahvolini yaxshilash hamda o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lash imkonini bermoqda. Endi bu tartibni bog‘cha va ixtisoslashgan maktablar uchun ham qo‘llash mo‘ljallanmoqda.

 

Malakali rahbarlar muhitini shakllantirish maqsadida hududlarda eng tajribali direktorlardan iborat “Direktorlar kengashi” tashkil etiladi. Endi maktab direktorlari lavozimga mazkur kengash tavsiyasi bilan ochiq tanlov asosida tayinlanadi.

 

Shuningdek, vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash vakolatlari tugatiladi. Xususiy maktablarni tashkil qilishda qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi.

 

Yig‘ilishda bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xususiy sektorni jalb qilgan holda zamonaviy to‘garaklar ochish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

 

Davlat rahbari bu takliflarni maʼqullab, tizim faoliyatini transformatsiya qilish, o‘qituvchilarning malakasi va rag‘batini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Maktablarda fanlar soni 5 taga kamaytiriladi | Zamon.uz