Toshkentda qurilish bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida bino inshootni foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishni vaʼda qilgan bosh mutaxassis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining Yunusobod tuman qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Yu. fuqaro O.A.ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qurilishi tugallangan bino inshootini foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








