AQShga defolt xavf solmoqda
Kongress Vakillar palatasi spikeri bunda Baydenni aybladi.

AQSh Prezidenti Jo Baydenning harakatsizligi mamlakat tarixidagi ilk defoltga olib kelishi mumkin, dedi AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti.
U davlat qarzi bo'yicha defoltga 10 kun qolganini eslatdi. Makkartining so'zlariga ko'ra, Bayden uzoq vaqt davomida "yaqin inqiroz"ga e'tibor bermagan.
"Prezidentning harakatsizligi tufayli Amerika tarixidagi birinchi defoltga duchor bo'lish xavfi bor",- deb yozgan Makkarti ijtimoiy tarmoqda.
Kongressmen Baydenni davlat qarzi masalalari bo‘yicha muzokaralar boshlashga bir necha bor chaqirganini, biroq mamlakat rahbari faqat may oyi o‘rtalarida muzokaralar zarurligiga rozi bo‘lganini eslatdi.
Avvalroq AQSh moliya vaziri Janet Yellen AQSh 1-iyunda defoltga uchrashi mumkinligini tan olgandi. U amerikaliklarning kredit layoqatini himoya qilishga va qarz shiftini oshirishga chaqirgan.







