Erdog‘an Yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish rejalarini e’lon qildi
Uning fikricha, ma’muriyatning asosiy vazifalaridan biri yangi konstitutsiya ishlab chiqishdir.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an mamlakatning yangi konstitutsiyasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Davlat rahbarining fikricha, ma’muriyatning asosiy vazifalaridan biri yangi konstitutsiya ishlab chiqishdir.
“Biz zarur ishlarni amalga oshiramiz. Tomonlar o‘rtasida muloqot, konsensus izlash bo‘ladi. Agar partiyalar takliflar bilan chiqsa, biz ularni tahlil qilamiz”,- dedi Erdog‘an.
Turkiya prezidentligiga nomzod Sinan O‘g‘an o‘z tarafdorlarini ikkinchi turda amaldagi prezident Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan edi.







