O'zbekiston

Prezident qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati bilan tanishdi

Yig‘ilishda ijtimoiy muassasalarda bu bo‘yicha natijalar hali yetarli emasligi aytib o‘tilgan.

Prezident qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy muassasalar va davlat idoralarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

Davlat rahbarining shu yil 16 fevraldagi qarori bilan bu boradagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha dastur qabul qilingandi. Unga ko‘ra, joriy yilda ijtimoiy soha va davlat idoralarida 220 megavatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

 

Yig‘ilishda mutasaddilar shu boradagi ishlarning ijrosi yuzasidan axborot berdi.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda 107 megavatt quyosh panellari o‘rnatilgan. Yirik davlat kompaniyalarida ish yaxshi ketmoqda. Lekin ijtimoiy muassasalarda natijalar hali yetarli emas.

 

Masalan, oliy o‘quv yurti binolarida 36 foiz, maktablarda 33 foiz, tibbiyot muassasalarida 28 foiz panellar o‘rnatilgan. Hududlar bo‘yicha olganda, respublikada bu ko‘rsatkich qariyb 50 foizga yetgan. Ammo Toshkent shahrida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish darajasi rejaga nisbatan 26 foizni tashkil etmoqda.

 

Davlat rahbari bu borada hali imkoniyatlar ko‘pligini taʼkidlab, ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Joriy yilda 2 ming megavatt quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, yaqinda O‘zbekiston Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 4,4 milliard dollarlik, jami quvvati 4,8 gigavattga teng 11 ta quyosh va shamol stansiyalarini qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Yig‘ilishda mazkur kelishuvlar ijrosini tashkil etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati bilan tanishdi | Zamon.uz