Toshkentda Nexia svetaforga urilib, YTHga uchradi
Holat bo‘yicha YHXB maʼlumot berdi.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 23 may kuni Nexia svetaforga urilib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Holat soat 14:30 larda Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish–Quloqtepa ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. 2001 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvida bo‘lgan Nexia–1 rusumli avtoulovini boshqarib ketayotib, chorrahaga yaqinlashganda rul boshqaruvini yo‘qotgan hamda svetafor qurilmasi va yo‘l belgilari bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








