O‘rta Chirchiqda guzar uchun ajratilgan yer sotib yuborildi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Toshkent shahrining O‘rta Chirchiq tumanida mahalla guzari qurish uchun ajratilgan yer maydonini sotgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, fuqaro S.A. O‘rta Chirchiq tumani “Qumovul” MFY hududida mahalla guzari va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun ajratilgan 10 sotix yer maydonini tadbirkor D.T.ga firibgarlik yo‘li bilan 102,2 mln so‘mga sotib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








