Rendi Uilyams sayohat bo‘yicha rekord o‘rnatdi
U BMTning 193 davlatiga, shuningdek, Falastin va Vatikanga ham sayohat qilgan.

Amerikalik erkak sayyoh sifatida dunyoning ko‘plab mamlakatlariga borish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U oxirgi safarini Turkmanistonga qilgan.
Gap San-Diyegolik Rendi Uilyams haqida ketmoqda. Erkak Markaziy Osiyo davlatiga sayyohlar uchun chegaralar ochilganidan keyin kela oldi.
Uilyams Birlashgan Millatlar Tashkilotining 193 davlatiga, shuningdek, Falastin va Vatikanga ham sayohat qilgan. Bundan tashqari, u bahsli hududlarda, jumladan Tayvan va G‘arbiy Sahroda ham bo‘lgan. KGTV telekanali jurnalistlariga bergan intervyusida Rendi hozir qayerga borish kerakligi haqida o‘ylayotganini aytdi.







