Jahon

Yozuvchi Elizabet Jan Kerroll Trampdan yana pul talab qilmoqda

Ayol Trampni ikkinchi marta sudga berdi.

Yozuvchi Elizabet Jan Kerroll Trampdan yana pul talab qilmoqda

 

Yozuvchi Elizabet Jan Kerroll AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi ikkinchi bor sudga murojaat qildi. Ayol undan 10 million dollar to‘lashni talab qilmoqda.

 

Oy boshida Tramp yozuvchining daʼvosiga ko‘ra jinsiy zo‘ravonlik va tuhmatda aybdor deb topilgan edi. Sud qaroriga ko‘ra, sobiq prezident Kerrollga besh million dollar to‘lashi kerak.

 

Hukm chiqarilgan kunning ertasiga Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida daʼvogarga nisbatan “xo‘rlovchi gaplar” aytgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u bu ayol bilan hech qachon uchrashmagan va Kerroll uning didiga mos kelmaydi. Shuning uchun jinsiy zo‘ravonlik qilishi mumkin emas.

 

Natijada Kerroll yana AQSHning sobiq prezidentini haqorat deb bilgan bu so‘zlari uchun sudga berishga qaror qildi.

 

Avvalroq Tramp yozuvchi Elizabet Kerrollga nisbatan tazyiqlar bo‘yicha hakamlar hayʼati hukmidan so‘ng uning reytingi oshganini aytgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yozuvchi Elizabet Jan Kerroll Trampdan yana pul talab qilmoqda | Zamon.uz