Yaponiyada ikkita qovun salkam 26 ming dollarga sotildi
Ular auksionga qo'yilgan.

Yaponiyada elita yubari navidagi ikkita qovun kimoshdi savdosiga qo'yildi. Xaridor poliz ekini uchun 25,9 ming dollar to‘lagan.
Kimoshdi savdosiga jami 260 dona qovun qo‘yildi. O‘tgan yili ushbu auksionlarda eng qimmat qovun juftligi 22,2 ming dollarga sotilgan edi.
Yubari navi och to'q sariq rangli qovun bo'lib, suvli shirin ta'mi tufayli elita hisoblanadi. Shu bilan birga, u deyarli mukammal sharsimon shaklga ega. Ular quyosh chiqayotgan mamlakatda ajoyib sovg'a hisoblanadi.







